icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Toshkent shahri mahalliy byudjetida bu yil 1,5 trillion soʻm mablagʻ qoldiriladi

10.08.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Shayxontohur tumani iqtisodiyotini rivojlantirish, uy-joy-kommunal sohadagi muammolarni hal qilish boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Mamlakatimizda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun respublika byudjetidan yetarli mablagʻ ajratilmoqda. Prognozdan oshgan soliq tushumlari mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldirilib, ularni sarflash boʻyicha mahalliy hokimliklarga keng vakolatlar berilmoqda.

Masalan, joriy yilda Toshkent shahrida prognozga nisbatan 2 trillion soʻmga koʻp soliq tushib, mahalliy byudjetda 1,5 trillion soʻmi qolishi kutilmoqda. Bu 2017-yilga nisbatan 10 barobar koʻpdir.

“Toshkentga hech qachon buncha pul berilmagan. Biz nega 1,5 trillion soʻmni shaharning oʻzida qoldiryapmiz? Toʻplanib qolgan muammolarni hal qilish uchun, odamlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash, uy-joylar, bogʻchalar qurish, ish oʻrinlari yaratish uchun. Endi joylardagi rahbarlar ham oʻzini qiynashi, sadoqat bilan ishlashi kerak. Chetdan kelib hech kim hech qachon qilib bermaydi” dedi Prezidentimiz.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo