icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vazirini qabul qildi

05.08.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj xonimni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Joriy yil iyun oyida Sindao shahridagi Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar va uning yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olish imkonini berdi.

Suhbatda ikki davlat o‘rtasidagi keng ko‘lamli, avvalo savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash muhimligi alohida qayd etildi.

Farmatsevtika va tibbiyot, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hindistonga bo‘lajak davlat tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalariga asoslangan munosabatlarda yangi davrni boshlashga, ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori bosqichga olib chiqishga qaratilgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtiruvchi xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Natx Kovind va Bosh vaziri Narendra Modining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Hindiston hukumati mamlakatimizni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasi va sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohot va yangilanishlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi.

Hindiston O‘zbekistonning mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash borasidagi tashabbuslarini yuqori baholashi va qo‘llab-quvvatlashi qayd etildi.

Sushma Svaraj Hindiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi bilan ko‘p qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilishi qat’iy ekanini ta’kidladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo