Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan tabriknomalar yo‘lladi
15.06.2018
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan qator xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlarini tabrikladi.
Jumladan, Afg‘oniston, Bangladesh, Birlashgan Arab Amirliklari, Indoneziya, Iordaniya, Kuvayt, Malayziya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Eron, O‘mon, Qatar, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari, Islom hamkorlik tashkiloti, Islom taraqiyot banki, Shanxay hamkorlik tashkiloti, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissariyati, Kavkaz musulmonlari idorasi kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlariga tabriknomalar yo‘lladi.