icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident: ayollarni rozi qilish davlatimizning eng katta siyosati

12.06.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev Marg‘ilon shahridagi “Narimteks” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi. Ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib, tikuvchi ayollar bilan muloqotda bo‘ldi.

«Xotin-qizlarimizning hayotga munosib bo‘lishida kiyinish madaniyatining o‘rni katta. Libosi o‘ziga yoqsa, yarashsa, ayol kishining kayfiyati yaxshi bo‘ladi. Bunday chiroyli va bejirim, milliy mentalitetimizga mos kiyimlar kiygan xotin-qizlarning dunyoqarashi ham keng bo‘ladi. Bu yo‘nalishni rivojlantirish uchun hamma sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz. Chunki ayollarni rozi qilish davlatimizning eng katta siyosati», dedi Shavkat Mirziyoyev.

2008 yilda tashkil etilgan mazkur korxona ayollar kiyim-kechaklarini tikishga ixtisoslashgan. 2012-2015-yillarda Xitoy bilan hamkorlikda ishlab chiqarish jarayoni modernizatsiya qilingan. Zamonaviy bichish-to‘qish, bezak berish hamda tikuv mashinalari keltirib o‘rnatilgan. 

Bugungi kunda bu yerda ko‘ylak, kostyum, kamzul, palto, kurtka kabi 20 turdan ortiq mahsulotning 1000 ga yaqin modeli ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy fasonlarga monand tayyorlangan bu liboslar yurtimiz xotin-qizlariga ma’qul bo‘lmoqda. 

Bundan tashqari, o‘tgan yili korxonada 632 ming AQSh dollarilik mahsulot eksport qilingan. Joriy yilda ushbu ko‘rsatkichni 801 ming dollarga yetkazish mo‘ljallanmoqda.

Prezidentimiz Germaniya texnologiyasi asosida dasturlashtirilgan dekorator uskunasining ahamiyati haqida to‘xtaldi. Kiyimlarning dizayni va ranglariga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. 

«Xorijdan texnologiya olib kelishimiz mumkin. Lekin uni ishlatish mutaxassisga bog‘liq. Shuni yaxshi tushuninglarki, kechagi bilim bilan bugungi va ertangi zamonni qurolmaymiz. Shuning uchun hamisha o‘qish, o‘rganiish, dizayner va ishchilarning malakasini doimiy oshirib borish zarur», dedi davlatimiz rahbari.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo