Prezident Shavkat Mirziyoyev Sindaoga jo‘nab ketdi
08.06.2018
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun 8-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Sindao shahriga jo‘nab ketdi.
Sammitda tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish, mintaqaviy xavfsizlik, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ShHT sammiti doirasida bir qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.