Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
01.06.2018
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda poytaxtimizda sanoat va kichik biznesni rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha dolzarb chora-tadbirlar belgilab berildi.