icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Toshkent shahrida yana o‘n beshta ko‘prik quriladi

01.06.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumani Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida bunyod etilayotgan yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi.

Ushbu yo‘l o‘tkazgichning umumiy uzunligi 676 metr, kengligi 24 metrdan ziyod bo‘ladi. Transportlar 6 qatorda harakatlanadi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Ko‘prik qurilish tresti” korxonasi tomonidan olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yakunlanish arafasida. Bugungi kunda ustunlarga temir-beton plitalar yotqizilib, yo‘lgacha bo‘lgan oraliq shag‘al bilan to‘ldirilmoqda. Har biri 124 metr bo‘lgan ikkita piyodalar estakadasi qurilishi davom etmoqda.

Shu yerda yangi ko‘priklar qurish, mavjudlarini ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish borasidagi ishlar taqdimoti o‘tkazildi. Toshkent shahrida yana o‘n beshta joyda yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi ma’lum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizdagi barcha ko‘priklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, ularni saqlash va rejali ta’mirlash zarurligini ta’kidladi. Shu maqsadda ko‘priklarni ekspluatatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan tizim yaratish, bunga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash va zamonaviy qurilish materiallarini o‘zlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo