icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident yangi aeroport qurilishini borib ko‘rdi

01.06.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni Qibray tumanidagi aerodromda amalga oshirilayotgan ishlarni borib ko‘rdi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-iyundagi qarori asosida bu yerda 2018-2020-yillarda biznes aviatsiyasi uchun zamonaviy aeroport qurilishi belgilangan. Loyihani ikki bosqichda amalga oshirish – birinchi bosqichda 4 kilometrlik uchish-qo‘nish yo‘lagi va soatiga 250 yo‘lovchini o‘tkazish imkoniyatiga ega terminal barpo etish, ikkinchi bosqichda qo‘shimcha infratuzilma ob’ektlari, mehmonxona majmuasi qurish rejalashtirilgan. 

Aeroportda eng katta yuk tashuvchi samolyotlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratiladi. Bu mamlakatimiz transport va tranzit salohiyatini yanada oshirib, tashqi savdo rivojiga katta hissa qo‘shadi. 

Hozirgi kunda bu yerda loyihalashtirish va umumiy qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Eski uchish-qo‘nish yo‘lagi butunlay olib tashlanmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur ishlarni ko‘zdan kechirdi. Aeroportda bunyod etiladigan ob’ektlar loyihalarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. 

Xorijiy delegatsiyalarni kutib olish binosi milliy madaniyatimizni, bag‘rikengligimizni ko‘rsatib tursin. Samolyotdan tushgan odamning kayfiyatini ko‘taradigan, mehmonlarga va ishbilarmonlarga har tomonlama ma’qul keladigan bo‘lsin, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari qurilishda issiq ranglardan ko‘proq foydalanish, aeroport hududini ko‘kalamzorlashtirish, drenaj tizimini oqilona yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo