icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘tgan yilgi taqdimot ro‘yobga chiqdi

19.05.2018

Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 2-iyunda Andijon viloyatida bo‘lganida Asaka tumanida zamonaviy issiqxona qurish loyihasi taqdim etilgan edi. Tadbirkor tashabbusi va davlat ko‘magi natijasida ushbu loyiha qisqa davrda ro‘yobga chiqdi. «Sabo hamkor» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan gidroponika usulida banan va pomidor yetishtiriluvchi issiqxonalar bunyod etildi. Turkiyaning «Asya Modern Serachilik» kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan innovatsion uskunalar olib kelindi. 

Prezidentimiz mazkur issiqxonalarni kirib ko‘rdi. Kompyuter orqali boshqariladigan sovutish va sug‘orish tizimi bilan tanishdi.

2 gektarlik issiqxonada banan ko‘chatlari parvarishlanmoqda. Birinchi mavsumda bu mevadan 250-300 tonna hosil olish kutilmoqda. Pomidor ko‘chatlari ekilgan 1 gektarlik issiqxonadan joriy yilda 300 tonna hosil olish va qo‘shni davlatlarga eksport qilish mo‘ljallanmoqda. Korxonada 40 dan ortiq doimiy ish o‘rni yaratilgan.  

Jamiyat tomonidan kelgusida ushbu zamonaviy issiqxona  majmuasini kengaytirish, mahsulotni qayta ishlash va saqlash sharoitini yaratish rejalashtirilmoqda.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo