
Turkiya Prezidentiga hamdardlik maktubi
02.01.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga va qardosh turk xalqiga Istanbul shahrida sodir etilgan mudhish terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lganligi munosabati bilan ta’ziya izhor etdi.
Davlatimiz rahbari o‘z maktubida qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik tuyg‘ularini yetkazib qo‘yishni so‘radi, jarohat olganlarga qisqa muddatda sog‘ayib ketishlarini tiladi.