icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Andijon tumanida «Andijan Silk.Co» qo‘shma korxonasi ochildi

19.05.2018

Shavkat Mirziyoyev ushbu korxonaga tashrifi chog‘ida ramziy tugmani bosib, uning faoliyatiga start berdi. Bu yerda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi ushbu O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasida pilla qayta ishlanib, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 29-martdagi qaroriga muvofiq “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tashkil etilgan edi. Uyushma tomonidan bugungi kunda tarmoqni jadal rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ipak qurtini yangicha usulda parvarishlash, ilg‘or davlatlar tajribasini o‘rganish orqali pilla sifati va miqdorini oshirish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda.

«Andijan Silk.Co» qo‘shma korxonasiga 2 million 100 ming dollar evaziga Xitoyda ishlab chiqarilgan ip yigiruv va tikuv mashinalari keltirib o‘rnatildi. Natijada 150 kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Joriy yil oxirigacha ishchilar sonini 300 taga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Loyiha to‘liq quvvat bilan ishga tushirilgach, yiliga 300 tonna quruq pilla qayta ishlanadi. 2018-yilning o‘zida 5,1 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.

Shu yerning o‘zida pillachilikni rivojlantirish, charm-poyabzal, qurilish materiallari, ip-kalava hamda gazlamalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari mazkur loyihalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo