Shavkat Mirziyoyev Kapitoliyga tashrif buyurdi
17.05.2018
Prezident Shavkat Mirziyoyev Kapitoliyda AQSh Kongressi vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli boshchiligidagi kongressmenlar bilan uchrashdi.
Muloqotda O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida tobora rivojlanib borayotgan munosabatlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.