O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O'zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida erishilgan kelishuvlar yuksak baholandi

17.05.2018

O‘zbekiston delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi munosabati bilan “Villard interkontinental” mehmonxonasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a’zolari, vazirlik va kompaniyalar rahbarlari, biznes va ilmiy doiralar vakillari ishtirok etdi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Prezident Donald Tramp bilan muloqoti o‘zaro ishonch va hurmat, bir-birining manfaatlarini hisobga olish ruhida o‘tganini alohida ta’kidladi.

“Biz bu tarixiy tashrifni keyingi  ikki yil mobaynida misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan O‘zbekiston – AQSh hamkorligining mantiqiy davomi, deb bilamiz. Garchi mamlakatlarimiz geografik nuqtai nazardan bir-biridan olisda joylashgan bo‘lsa-da, mehnatsevarlik, bag‘rikenglik va vatanparvarlik kabi qadriyatlar xalqlarimizni birlashtirib turadi” dedi davlatimiz rahbari.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik kengayayotgani ta’kidlandi. Kuni kecha ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasida qariyb 4,8 milliard dollarlik yangi shartnomalar imzolangani yuqori baholandi. 

Uchrashuvda davlatimiz rahbari O‘zbekiston tarixini chuqur o‘rganib, butun dunyoda keng targ‘ib etayotgan Frederik Starr va barcha amerikalik olimlarga tashakkur izhor etdi. 

Tadbirda yana bir e’tiborli voqea bo‘ldi: ko‘p yillik samarali ijodi, o‘zbek maqom san’atini rivojlantirish, xalqimizning boy madaniy merosini dunyoda targ‘ib etishga qo‘shgan hissasi uchun maqom ansamblining sobiq xonandasi Izro Asherovich Malakovga “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni berilgani e’lon qilindi. Izro Malakov yuksak e’tibori va qadrdon o‘zbek xalqining unvoni uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2023 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Infografika
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya
Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: