O‘zaro manfaatli hujjatlar imzolandi
17.05.2018
Vashingtondagi «Bleyr xaus» qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi doirasida hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.
Ikki mamlakat vazirlik va kompaniyalari o‘rtasida savdo, energetika, moliya, qishloq xo‘jaligi, fan-ta’lim sohalariga doir qator hujjatlar imzolandi.