Prezident Indoneziya xalqiga hamdardlik bildirdi
15.05.2018
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surabaya shahrida sodir etilgan mudhish terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab begunoh insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodoga va Indoneziya xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.