icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

04.05.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-may kuni tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya hamraisi Asqar Maminni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston-Qozog‘iston hukumatlararo komissiyasi samarali faoliyat ko‘rsatayotgani va amaliy natijalar berayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ikki davlat Bosh vazirlarining birinchi o‘rinbosarlari raislik qilayotgan komissiya bugungi kungacha 17 majlis o‘tkazdi, jumladan, oxirgi majlis joriy yilning mart oyida Ostonada bo‘lib o‘tdi. 4-may kuni Toshkentda komissiya hamraislari amaliy muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda Prezidentimiz savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, istiqbolli loyiha va dasturlarni birgalikda amalga oshirish muhim ekanini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Asqar Mamin davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, Qozog‘iston oliy darajada erishilgan kelishuvlarning so‘zsiz va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash maqsadida qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanini qayd etdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo