icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev yengil sanoat korxonalarini borib ko‘rdi

02.05.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Uzteks Uchqo‘rg‘on» va «Uchqo‘rg‘on tekstil» qo‘shma korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining avvalgi tashrifida belgilangan vazifalar doirasida bu yerda modernizatsiya va diversifikatsiya loyihalari amalga oshirilgan. Germaniya, Shveysariya, Belgiya va Turkiya kabi davlatlardan zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan. Ip, kalava, sochiq va bir necha turdagi kiyim-kechaklar ishlab chiqarilayotgan korxonalarning har birida yiliga 30 million dollarlik eksport yo‘lga qo‘yilgan.

«Uzteks Uchqo‘rg‘on» korxonasida 300, «Uchqo‘rg‘on tekstil» 800 ish o‘rni yaratilgan. 

Joriy yil sentyabrda bu yerda shu yo‘nalishdagi yana bir korxona - «Tekstil finans Namangan» shirkatini ishga tushirish rejalashtirilgan. 

Shavkat Mirziyoyev korxonalarning ish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, mahsulotlar turini kengaytirish, fermer xo‘jaliklari bilan klaster usulida ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo