
Prezidentlar Buxoroni ziyorat qiladi
01.05.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni Buxoroga keldi. Davlatimiz rahbari Buxoro xalqaro aeroportida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘anni kutib oldi.
Prezidentlar birgalikda Buxorodagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qiladi, diqqatga sazovor maskanlar bilan tanishadi.