30.04.2018
Bu ishbilarmon doiralarning faol hamkorligini qo‘llab-quvvatlash davlat rahbarlarining e’tiborida ekani, ular uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishining yana bir tasdig‘i bo‘ldi.
Mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda. Xorijiy sarmoyalarni rag‘batlantirish va to‘liq himoya qilish maqsadida zarur me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Biznes rivojiga g‘ov bo‘lib turgan turli to‘siqlar olib tashlandi. Ishbilarmonlik muhitini yaxshilashni qat’iy davom ettirgan holda, tashqi savdo va bojxona-tarif nazorati keskin kamaytirildi.
Tadbirkorlik sub’ektlarini litsenziyalash jarayonlarini yanada qisqartirish va soddalashtirishga doir qarorlar qabul qilindi. Jumladan, tadbirkorlik faoliyatida 42 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayonlari bekor qilindi. 38 turdagi faoliyat uchun litsenziyalar 17 tagacha optimallashtirildi, 25 turdagi tadbirkorlik faoliyati uchun ruxsat berish jarayonlari soddalashtirildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Soliq konsepsiyasi biznes va investorlar uchun juda katta yengillik beradi.
Mamlakatimizning har bir viloyatida erkin iqtisodiy hududlar tashkil etilgani, ularda investorlar barcha turdagi soliq to‘lovlari va import bojlaridan ozod etilgani ta’kidlandi. Hozirgi kunda 300 dan ziyod investorlar erkin iqtisodiy hududlarda yaratilgan qulay sharoitlardan foydalangan holda faoliyat olib bormoqda.
Turkiya ishbilarmonlari uchun ham alohida qulayliklar yaratildi. Kirish vizalari bekor qilingani, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgani o‘zaro aloqalarga keng yo‘l ochdi.
Bugungi kunda yurtimizda O‘zbekiston – Turkiya hamkorligida 500 ga yaqin qo‘shma shirkat faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, ularning 59 tasi shu yilning birinchi choragida tashkil etilgan.
Turkiya Prezidenti va ishbilarmonlari Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yili bunday qulaylik va yengilliklar biznesmenlarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga qiziqishini oshirganini ta’kidladi.
Ushbu biznes forum doirasida 3 milliard dollarlik investitsiya loyihalari bo‘yicha bitimlar imzolangani buning tasdig‘i bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Rajab Tayyip Erdog‘an ishbilarmonlar bu kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha faol ish olib borishi zarurligini ta’kidladilar.