Yigirmadan ortiq hujjat imzolandi, investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
30.04.2018
Ko‘ksaroyda o‘tgan samarali muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan Qo‘shma bayonotni imzoladilar.
Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport-logistika, sanoat, energetika, ilm-fan, ta’lim, turizm va boshqa sohalarga doir 24 ta hujjat imzolandi.
Bundan tashqari, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston – Turkiya biznes-forumida 50 dan ortiq yangi investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha umumiy qiymati 3 milliard dollarga teng bitimlar imzolanishi kutilmoqda.