icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Samimiy minnatdorlik

30.12.2016

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga 

Muhtaram Shavkat Miromonovich! 

2016-yil 24-dekabr kuni qardosh O‘zbekiston Respublikasiga tashrifim davomida menga va Qirg‘iziston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun chin qalbimdan minnatdorlik izhor etaman. 

Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganining yubiley sanasi kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralarimiz va ochiq fikr almashganimizni mamnuniyat bilan eslayman. Ishonchim komilki, o‘zaro hamkorligimizni yanada rivojlantirishning yo‘nalishlarini belgilab olib, bu borada to‘liq anglashuvga erishdik. Bu xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yuqorida tilga olingan shartnomaga yangi hayot bag‘ishlaydi. 

Uchrashuvimiz yakunida erishilgan kelishuvlar o‘zaro munosabatlarimizning barcha masalalarini, jumladan, avval biz murosaga kelolmagan masalalarni ham hal qilish imkonini beradi. Mamlakatlarimizning tegishli davlat idoralari oldida ushbu kelishuvlarni qisqa muddatda amalga oshirish borasida katta va mas’uliyatli vazifalar turibdi. Bu ishlar muvaffaqiyatli bajarilishiga ishonaman. 

Sizni yana bir bor ishontirib aytamanki, Qirg‘iziston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi bilan do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlarni yanada mustahkamlash yo‘lida sobit turadi. 

Fursatdan foydalanib, Sizni va butun O‘zbekiston xalqini yangi – 2017-yil bilan samimiy tabriklayman! 

Sizning rahbarligingizda O‘zbekiston yangi yilda iqtisodiyot va jamiyatni yanada yuksak sur’atlar bilan rivojlantirishga erishadi, deb ishonaman. 

Muhtaram Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam sog‘lik, davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizga kuch-quvvat, muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga Sizning Prezident etib saylanganingiz bilan bog‘liq barcha ezgu maqsadlari ro‘yobga chiqishini, taraqqiyot va farovonlik tilayman. 

Sizni yangi yilda o‘zingizga qulay vaqtda Qirg‘iziston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etaman. 

Hurmat bilan, 
 

Almazbek Atamboyev, 
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti
logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo