Turkmaniston Prezidenti mamlakatimizga keldi
23.04.2018
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov kutib oldi.
Oliy darajadagi muzokaralar bugun Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tadi.