icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

20.04.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Prezident Vladimir Putinga samimiy qutlov hamda kuni kecha Buxoro viloyatida Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi yakunlangani va ishga tushirilgani munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Rossiyadan nufuzli delegatsiya ishtirok etgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. 

«LUKOYL» kompaniyasi bilan hamkorlikda tabiiy gazni chuqur qayta ishlash bo‘yicha ishga tushirilgan yuqori texnologik ishlab chiqarish majmuasi mamlakatlarimiz o‘rtasida tobora mustahkamlanib borayotgan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining yana bir yorqin namunasi ekani alohida ta’kidlandi. 

Muloqotda oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlar doirasida O‘zbekiston – Rossiya ko‘p qirrali aloqalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidentiga davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelishni yana bir bor taklif etdi. Taklif mamnuniyat bilan qabul qilindi. Tashrifning aniq muddati diplomatik kanallar orqali kelishib olinadi. 

Muloqot so‘nggida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin turli formatlarda o‘zaro aloqalarni faol davom ettirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo