icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi

19.04.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, viloyat va tumanlar hokimlari, vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda joriy yil 2-mart kuni viloyatga tashrif chog‘ida belgilab berilgan vazifalar va loyihalar ijrosi muhokama qilindi. 

Mahalliy byudjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlash, hudud eksportini oshirish, olis tumanlar infratuzilmasini yaxshilash, viloyat markazida namunaviy uy-joy qurish, "Obod qishloq" dasturi ko‘lamini kengaytirish, tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan ishlarning borishi ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari to‘rtta sektor rahbarlari va mutasaddilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi. Hududni izchil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish lozimligini ta’kidladi. O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish, korxonalarni zarur resurslar bilan ta’minlash, xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish borasidagi rejalarni amalga oshirishning yangi tizimini ishlab chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.

Muhokama etilgan chora-tadbirlar yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo