icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Loyihalar ijrosi tanqidiy tahlil qilindi

19.04.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifi chog‘ida dastlab viloyat va tumanlar hokimlari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, mutasaddilar bilan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda joriy yil 16-17-fevral kunlari davlatimiz rahbarining viloyatga tashrifi davomida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Ma’lumki, o‘shanda viloyat iqtisodiyotini har tomonlama rivojlantirish, yangi sanoat korxonalari va tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etish, mahalliylashtirish darajasi va eksport hajmini oshirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish, qishloq xo‘jaligini tarkibiy o‘zgartirish, yangi uy-joylar, ijtimoiy ob’ektlar qurish bo‘yicha ko‘plab topshiriqlar berilgan edi. Buning uchun zarur mablag‘ va resurslar ajratildi. 

Yig‘ilishda mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar kutilgan darajada emasligi jiddiy tanqid qilindi. Muddatidan kechikayotgan yoki bajarilmayotgan loyihalar ko‘rsatib o‘tilib, buning sabablari muhokama etildi.

Shavkat Mirziyoyev belgilangan vazifalarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mutasaddilarni jiddiy ogohlantirdi. Barcha rejalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, «aravasini tortolmagan» rahbarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo