Sirdaryo viloyatida 20 ming gektar paxta maydoni qisqartiriladi
13.04.2018
Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlar davom ettirilishi, hosildorligi kam yerlarda paxta qisqartirilishini ta’kidladi.
“Bo‘lsa-bo‘lmasa paxta ekaverish, uni arzon narxda xomashyo sifatida sotish – iqtisodiyotni tushunmaslik. Endi paxtani faqat rentabelligi bor joylarda ekamiz. Xudo xohlasa, ikki-uch yildan keyin bir kilo paxtamizni ham chetga sotmaymiz. Zamonaviy korxonalar tashkil etib, yurtimizda qayta ishlaymiz, qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot qilib sotamiz” dedi Shavkat Mirziyoyev.
Sirdaryo viloyatida ham 20 ming gektar paxta maydoni qisqartirilishi, bu yerda anor, uzum, no‘xat, raps, soya, achchiq qalampir kabi xaridorgir meva-sabzavotlar ekilishi qayd etildi.