30.12.2016
Janobi Oliylari!
Samimiy tabrigingiz uchun chin yurakdan minnatdorlik izhor etaman. Siz bildirgan ishonchdan g‘oyat ta’sirlandim.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Men bu hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, BMTning mamlakatingizdagi vakolatxonasi, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi orqali yanada mustahkamlashga harakat qilaman.
Orol dengizining qurishi oqibatlarini yumshatish bizning umumiy va ustuvor maqsadimiz ekanini yaxshi anglayman. BMT ushbu fojea bilan bog‘liq muammolarni hal qilish borasidagi sa’y-harakatlaringizni bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlayveradi.
Yangi lavozimga kirishar ekanman, O‘zbekiston xalqi va umuman Markaziy Osiyo mintaqasining farovonligi yo‘lidagi yaqin hamkorligimizni yanada kengaytiramiz, degan umiddaman.
O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurish haqidagi taklifingiz uchun Sizga minnatdorlik bildiraman. Buning uchun qulay imkoniyat bo‘lishi bilan mamlakatingizga borish niyatidaman.
Fursatdan foydalanib, Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan muborakbod etaman. Siz bilan yaqin vaqtlarda uchrashish hamda global va mintaqaviy dolzarb tahdidlarni bartaraf etish yo‘lida hamkorlikda ishlash imkoniyatini sabrsizlik bilan kutaman.
Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Samimiy va ezgu tilaklar bilan,