icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Jizzaxda shakar zavodi quriladi

31.03.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev Zafarobod tumanidagi suv omborining qurilish jarayoni bilan tanishdi. 

Bu suv inshooti Jizzax viloyatida foydalanilmay turgan 20 ming gektar yerni suv bilan ta’minlash, ekin maydonlarini kengaytirish imkonini beradi. Shu atrofdagi tumanlarda hech narsa ekilmagan, kuchli yer ko‘p. Ularga eksportbop va sanoatbop ekinlar ekib, yuqori daromad olish mumkin.

Biz bu hududda lavlagi yetishtirish, uni qayta ishlab, shakar chiqaradigan zavod qurishni rejalashtirganmiz. Bu mamlakatimizning shakar mustaqilligini ta’minlash uchun juda zarur. Qayta ishlangan mahsulotni ozuqa sifatida ishlatib, chorvachilikni ham rivojlantiramiz, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Shu yerda 2018-2019-yillarda Jizzax viloyatida irrigatsiya-melioratsiya Davlat dasturi asosida amalga oshiriladigan ishlar, gidroinshootlar loyihalari yuzasidan axborot berildi. “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Zomin va Zafarobod tumanlarida mikroGESlarni qurish va modernizatsiya qilish investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. 

Davlatimiz rahbari ushbu qurilish va modernizatsiya ishlarini sifatli bajarish, buning uchun moliyaviy va tashkiliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. 

Shuning bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashrifi nihoyasiga yetdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo