icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahridagi 2-ichki ishlar bo‘linmasini borib ko‘rdi

30.03.2018

Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahridagi 2-ichki ishlar bo‘linmasini borib ko‘rdi. 

Zamonaviy bo‘linma binosida militsiya xodimlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Shahardagi hamma uchastka nozirlari uy-joy, yengil avtomashina bilan ta’minlangan. Bunday e’tibor xodimlarning dunyoqarashini o‘zgartirib, burchiga sadoqatini mustahkamlamoqda. 

Huquq-tartibot idoralari odamlarning osoyishtaligini, jinoyat bo‘lmasligini kafolatlashi kerak. Buning uchun yurish, har bir holatdan xabardor bo‘lish zarur. Militsiya mahalla bilan birga ishlasa, jinoyatchilik bo‘lmaydi, dedi Prezidentimiz.

Shahar va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion tizimlar, militsiya xodimlari o‘rtasidagi mobil aloqa dasturi bilan tanishdi. 

Jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, yo‘l-transport tizimini tartibga solish, bu borada Jizzaxda ham Toshkent shahri tajribasini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Profilaktika inspektorlarini axborot texnologiyalariga o‘qitish, bu bo‘yicha ilmiy-amaliy qo‘llanma yaratish zarurligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari mazkur bo‘linmada «Zargarlik» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va profilaktika inspektori bilan suhbatlashdi. Jamoat joylariga, birinchi navbatda, bolalar bog‘chalari va maktablarga kuzatuv kameralari o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo