icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston tashabbusi bilan Afg‘onistondagi tinchlik uchun xalqaro muloqot maydoni tashkil etildi

27.03.2018

“O‘zbekiston”  xalqaro anjumanlar saroyida 27-mart kuni “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur konferensiya nafaqat mintaqa davlatlari, balki butun dunyoda katta qiziqish uyg‘otdi. Unda ishtirok etish uchun mamlakatimizga AQSh, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Eron, Pokiston, Hindiston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlardan nufuzli delegatsiyalar tashrif buyurdi.

Xalqaro ekspertlar, siyosatshunoslar konferensiya jarayonini diqqat bilan kuzatib bormoqda. AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, Yaponiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining yetakchi telekanallari, axborot agentliklari va nashrlari anjuman tadbirlarini keng yoritmoqda.

Xalqaro konferensiyada Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini ham chiqish qildi. Shundan so‘ng, BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterishning videomurojaati namoyish qilindi. 

Davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasini bayon qilgan, bu borada amaliy takliflarni ilgari surgan edi.  Toshkent xalqaro konferensiyasi Afg‘oniston muammosini tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muhim siyosiy jarayondir.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo