2017-yil 2-yanvarni dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida
30.12.2016
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi
Fuqarolar va respublika jamoat tashkilotlarining ko‘plab murojaatlarini hisobga olib, dam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida hamda yangi 2017-yil nishonlanishi munosabati bilan:
2017-yil 2-yanvar – dushanba dam olish kuni deb e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Toshkent shahri,
2016-yil 29-dekabr