09.12.2016
Mamlakatimizda 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram janob Prezident!
Amerika Qo‘shma Shtatlari nomidan Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan muborakbod etaman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari mamlakatingiz mustaqillikka erishgach, ya’ni 25-yil avval boshlangan. O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi, suvereniteti hamda hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashga doir siyosatimiz bugun ham davom etmoqda.
Sizning Prezident etib saylanishingiz O‘zbekiston uchun muhim davrni boshlab berdi. Sizning mintaqada hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro munosabatlarda muvozanatni saqlashga qaratayotgan alohida e’tiboringizni qo‘llab-quvvatlayman. Shuningdek, Prezident vazifasini bajaruvchi sifatida muhim sohalarda, shu jumladan, iqtisodiyot va qonun ustuvorligi sohalarida Siz boshlagan ishlarni katta mamnuniyat bilan qayd etaman.
Hukumatingiz bilan o‘rnatilgan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz hamda ushbu aloqalarni yanada chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlarni ishga solamiz. O‘zaro umumiy manfaatlarimizni hisobga olib, mamlakatlarimiz farovonligi yo‘lida birgalikdagi ishlarimizni davom ettiramiz, degan umiddaman.
Samimiyat bilan,
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan tabriklayman. 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovni yuksak darajada, Konstitutsiyaga muvofiq tashkil etgan O‘zbekiston xalqi tahsinga loyiq.
Mening vakolatlarim o‘z yakuniga yetayotgani munosabati bilan, fursatdan foydalanib, iqlim o‘zgarishi, yadroviy qurolsizlanish hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash kabi qator masalalarda BMT va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasidagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarimizni mamnuniyat bilan eslayman.
Sizga O‘zbekistonning kelgusi siyosiy va ijtimoiy taraqqiyotida davlat rahbari sifatida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Ishontirib aytamanki, janob Antoniu Guterresh boshchiligida BMT, shu jumladan, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz O‘zbekiston hukumati va xalqi bilan hamkorlikni davom ettiradi.
Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromimni qabul qilgaysiz.
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Hindiston hukumati va xalqi nomidan Sizni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi g‘alabangiz bilan chin dildan muborakbod etaman.
Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida samarali, uzoq muddatli do‘stlik va hamkorlik rishtalari o‘rnatilgan bo‘lib, keyingi yillarda ular yanada mustahkamlandi va yangi bosqichga ko‘tarildi. Ishonamanki, o‘zaro manfaatli aloqalarimiz bundan buyon ham rivojlanib boraveradi.
Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga eng ezgu tilaklarimni bildiraman.
Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak hurmatimni qabul qilgaysiz.
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Sizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz va xalqingiz qo‘llab-quvvatlagani bilan samimiy tabrigimni qabul qilgaysiz. O‘zbekiston Sizning rahbarligingizda taraqqiyot va farovonlik yo‘lini davom ettirishiga ishonaman. Siz ko‘p yillar mamlakatning Bosh vaziri sifatida samarali faoliyat ko‘rsatdingiz.
1992-yil Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon do‘stona munosabatlarimiz muntazam rivojlanib borayotgani muhim ahamiyatga ega. Yaqinda barpo etilgan Surg‘il gaz-kimyo majmuasi kabi muvaffaqiyatli loyihalarimiz va o‘zaro manfaatli hamkorligimiz yanada kengayishiga ishonaman.
Kelgusi yil mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi va koreyslarning Markaziy Osiyoga ko‘chishining 80-yilligini nishonlaymiz, do‘stlik va o‘zaro ishonchga asoslangan strategik sheriklik munosabatlarimiz yanada chuqurlashishiga umid qilaman. Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston Respublikasiga abadiy farovonlik tilayman.
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janoblari!
Sizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabrigimni qabul qilgaysiz.
O‘zbekiston Respublikasini siyosiy, xavfsizlik va ayniqsa, iqtisodiy sohada hamkorlik nuqtai nazaridan, Chexiya Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng muhim sheriklaridan biri, deb bilaman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning o‘sish sur’atlari izchil davom etmoqda. Ammo hamkorligimizning barcha sohalarida mavjud imkoniyatlar hali to‘liq ishga solinmagan degan fikrimga qo‘shilasiz, deb o‘ylayman.
Shu munosabat bilan Sizning barcha darajada, jumladan, oliy darajadagi siyosiy muloqotni jadallashtirish zarurligi to‘g‘risidagi so‘zlaringizni ma’qullayman va to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Bu Chexiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida barcha sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shundan kelib chiqqan holda, Siz, Janobi Oliylarini o‘zingizga qulay vaqtda Chexiya Respublikasiga tashrif bilan kelishga taklif etaman. Chexiya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi an’anaviy samimiy munosabatlar bundan buyon ham do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro hurmat ruhida yanada rivojlanishiga ishonaman. Pragada bo‘ladigan uchrashuvimiz Chexiya va O‘zbekistonning o‘zaro munosabatlarini yanada chuqurlashtirish imkonini berishiga ishonaman.
Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sog‘lik va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janoblari!
Sizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklash va o‘zimning eng ezgu tilaklarimni izhor etishga ruxsat bergaysiz.
Mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘rnatilgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar kelajakda yanada mustahkamlanishi va ko‘p tomonlama hamkorligimiz kengayishiga ishonaman.
Muhtaram Prezident Janoblari! Sizning mas’uliyatli faoliyatingizda mustahkam sog‘lik, ulkan muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga yanada farovonlik tilayman.
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Singapur xalqi nomidan Siz, Janobi Oliylarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklayman.
Siz, Janobi Oliylarining ushbu lavozimga saylanganingiz O‘zbekiston xalqining Sizga mohir va dono Prezident sifatida ishonchining ifodasidir. O‘zbekiston Sizning rahbarligingizda taraqqiyot yo‘lini dadil davom ettirishiga ishonaman.
O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida samimiy munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan va mamlakatlarimiz turli xalqaro forumlar doirasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida Siz bilan hamkorlikda ishlash imkoniyatini sabrsizlik bilan kutib qolaman.
Mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.
Samimiyat bilan,
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Janobi Oliylari!
Men va rafiqam Siz, Janobi Oliylarini Prezident saylovida g‘alaba qozonganingiz va xalqingizning yuksak ishonchiga sazovor bo‘lganingiz bilan samimiy tabriklaymiz.
Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sog‘lik, omonlik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizga muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga abadiy tinchlik va farovonlik tilaymiz.
Siz, Janobi Oliylariga bo‘lgan yuksak hurmatimizni qabul qilgaysiz.
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Vetnam Sotsialistik Respublikasi hukumati va xalqi nomidan Sizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabrigimni yo‘llayman.
O‘zbekiston xalqi mamlakatni barqarorlashtirish va rivojlantirish borasida erishayotgan yutuqlarni har doim qiziqish bilan kuzatib boramiz va quvonamiz. Sizning rahbarligingizda O‘zbekiston xalqingiz manfaati, mintaqada tinchlik va farovonlik yo‘lida barqaror izchil rivojlanishni davom ettirishiga aminman.
Vetnam va O‘zbekiston o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik munosabatlari va serqirra hamkorlikning yanada mustahkamlanishi xalqlarimizning umumiy manfaati va istaklariga xizmat qilishiga ishonaman.
Hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va davlat rahbari sifatidagi mas’uliyatli faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman.
Ehtirom bilan,
Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi – Valentina Matviyenko
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri – Sayf bin Zoid Ol Nahayon
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori – Joze Gratsianu da Silva
Evropa parlamenti deputati – Iveta Grigule
Evropa parlamenti deputati – Andrey Mamikins
“MAXAM” kompaniyasi raisi va bosh direktori – Xose Fernando Sanches-Xunko
Ispaniya sanoat jihozlari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi bosh direktori – Xuan Ramon Duran Pablo
Saudiya Arabistonida yashayotgan vatandoshlarimiz.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.