icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti bilan uchrashuvi

26.03.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘anini qabul qildi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, savdo, transort va energetika sohalaridagi loyihalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa yo‘nalishlardagi dasturlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Prezident Muhammad Ashraf G‘ani mamlakatlarimizning Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasini o‘tkazishga oid birgalikdagi tashabbusini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan sa’y-harakatlar uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo