icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Navro‘z – do‘stlik va hamjihatlik bayrami

21.03.2018

Navro‘z mintaqamiz xalqlarining qadimiy va umumiy bayramidir. Uning mohiyatida do‘stlik, ahillik, bag‘rikenglik, yaxshi qo‘shnichilik kabi olijanob fazilatlar o‘z ifodasini topgan. Xalqimiz azaldan bu bayramni do‘stu yaqinlari, qon-qardoshlari bilan birga nishonlagan.  

O‘tgan yili Navro‘z kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifi bilan borgan edi. 

Bu yil Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabriklash maqsadida Samarqand shahriga tashrif buyurdi. 

Oliy martabali mehmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. 

Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi.

Qardosh o‘zbek va qozoq xalqlari azaldan yonma-yon yashagan, yaxshi kunlarda ham, qiyinchilik damlarda ham bir-birini qo‘llab-quvvatlagan. Bunday do‘stlik va ahillik bugungi kunda xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarga mustahkam asos bo‘lmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Mamlakatlarimiz vazirlik va idoralari, hududlari o‘rtasidagi aloqalar faollashdi. Transport yo‘laklari ochilib, temir yo‘l va avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik kengaydi. San’at va madaniyat namoyandalari, shoir va yozuvchilar ikki mamlakatdaga ko‘rgazma va festivallar, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. 2018-yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili o‘tkazilayotgani xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. 

Prezidentlar mintaqa davlatlari, xususan, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi samimiy munosabatlar har qachongidan ham mustahkamlanib borayotganini qayd etib, chegaralardagi yengilliklar ikki mamlakat xalqlarining o‘zaro bordi-keldisi uchun keng yo‘l va imkoniyatlar ochgani, bunda eng katta maqsad bo‘lgan xalqlarimiz roziligiga erishilganini ta’kidladilar.   

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati yuqori baholandi, uni yanada rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi. 

Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyev Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Birinchi Prezidentimiz qabriga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Qur’on tilovat qilindi. 

Qozog‘iston Prezidenti davlatimiz rahbari hamrohligida Samarqandning diqqatga sazovor joylarini tomosha qildi. 

Shuning bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning mamlakatimizga tashrifi nihoyasiga yetdi.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo