
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi
16.03.2018
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvida ishtirok etdi.
Uchrashuvda o‘zaro ishonch va manfaatdorlik asosida savdo, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Davlatimiz rahbari shu kuni Toshkentga qaytib keldi.