icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qozog‘istonda O‘zbekiston yili ochildi

15.03.2018

“Ostona-opera” teatrida Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyasi rahbarlari ishtirok etdi.

Prezident Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining ochilishi munosabati bilan davlatimiz rahbari va butun xalqimizni tabrikladi. 

Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Shavkat Mirziyoyevni Qozog‘istonning birinchi darajali "Do‘stiq" ordeni bilan mukofotladi.

Davlatimiz rahbari yaxshilik va ahillikning timsoli bo‘lgan xalqlarimiz do‘stligini, ajdodlarimiz merosini asrash va rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.
Shu nuqtai nazardan, keyingi paytlarda tomonlarning siyosiy irodasi va mushtarak intilishlari tufayli qardoshlik, yaxshi qo‘shnilik va strategik sheriklik aloqalarini mustahkamlash yo‘lida ulkan natijalarga erishildi. 

Tarixan birligimiz, ma’nan yaqinligimiz bugungi zamonning murakkab masalalarini hamkorlikda hal qilish, yangi avlodlar kelajagini birgalikda bapro etishimizga yordam beradi. Biz mintaqamizda hamisha tinchlik va farovonlik hukm surishi uchun umumiy uyimizni, farzandlarimizni kelishmovchilik va boshboshdoqlikdan asrashimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qozog‘istonda O‘zbekiston yili dasturi doirasida ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Olmaota shahrida O‘zbek adabiyoti kunlari o‘tkaziladi. O‘zbek Milliy akademik drama teatri ijodkorlari Chimkent shahriga safar qiladi. Ostona shahrida O‘zbek ayollar milliy liboslari va xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasi hamda kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etiladi. 

Mamlakatimiz folklor jamoalarining Turkiston shahriga, Respublika yosh tomoshabinlar teatri jamoasining Olmaota shahriga ijodiy safari ko‘zda tutilgan. Taraz, Chimkent, Qizilo‘rda, Turkiston shaharlarida o‘zbek kinosi kunlari, badiiy jamoalar va estrada ijodkorlari ishtirokidagi “Osh festivali” rejalashtirilgan.

Ostona shahrida “O‘zbekiston yili”ning yopilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali konsert dasturida ikki xalq san’at ustalari va ijrochi yoshlar qatnashadi. 
Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining rasmiy ochilish marosimida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar xalqlarimiz birligi, madaniy yaqinligi yana bir bor yaqqol namoyon bo‘ldi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo