10.03.2018
Prezident Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi parlamentining Majlisi namoyandagon palatasi raisi Shukurjon Zuhurovni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi o‘zaro munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgani, tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha yakdil kelishuvlarga erishilgani qayd etildi. Ayniqsa, davlat chegarasi bo‘yicha shartnoma va fuqarolarning o‘zaro qatnoviga qulaylik yaratishga oid bitim mamlakatlarimiz munosabatlari, xalqlarimizning do‘stona aloqalariga zamin bo‘lishi alohida ta’kidlandi. Avtomobil va temir yo‘llarning ochilgani, Ishbilarmonlar kengashi tuzilgani ham bu borada muhim o‘rin tutadi.
Oliy darajada imzolangan hujjatlarni ratifikatsiya qilish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalariga to‘talib o‘tildi. Qonun chiqaruvchi organlardagi do‘stlik guruhlari ishini faollashtirish, o‘zaro tashriflar va tajriba almashinuvni ko‘paytirish zarurligi qayd etildi.