Prezidentimiz tashabbusi bilan Abdurahmon Jomiy asarlari o‘zbek tiliga o‘girildi
09.03.2018
Ma’lumki, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy zamondosh bo‘lgan. Xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik aloqalari ularning ijodida kuchli ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan.
Samarqandda o‘zbek va tojik adabiyotining buyuk namoyandalari bo‘lgan bu ikki shoirga haykal o‘rnatilgan.
Yaqinda mamlakatimizda Abdurahmon Jomiyning asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, “Muhabbat maxzani” kitobi chop etildi.
Dushanbeda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev ushbu kitobni Emomali Rahmonga tuhfa qildi. Prezidentimiz so‘zboshisi bilan nashr qilingan ushbu kitob Tojikiston rahbariga katta mamnuniyat bag‘ishladi.