
Armanistonning saylangan Prezidenti Armen Sarkisyanga qutlov
02.03.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-mart kuni Armen Sarkisyanni Armaniston Prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi.
Shavkat Mirziyoyev o‘z qutlovida o‘zaro hurmat va anglashuv tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Armaniston munosabatlari bundan buyon ham xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirdi.