icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qadimiy Buxoro xalqaro turizm markaziga aylanmoqda

16.02.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrining tarixiy qismida turizm sohasini yanada rivojlantirish konsepsiyasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Buxoro qadimiy obidalari, asrlar osha davom etib kelayotgan milliy hunarmandlik an’analari bilan ulkan turistik salohiyatga ega. Davlatimiz rahbari viloyatga o‘tgan yilgi tashrifi chog‘ida bu salohiyatdan to‘la foydalanish, shaharning tarixiy qismida hunarmandlar mavzesi qurish, Poyi Kalon va Mir Arab madrasalarini qayta ta’mirlash kabi qator vazifalarni belgilab bergan edi.

Ushbu ko‘rsatmalar asosida Poyi Kalon va Mir Arab madrasalari ta’mirdan chiqarildi. "Haqiqat" ko‘chasida birinchi qavatida do‘kon va ustaxonalar bo‘lgan, ikkinchi qavatida hunarmandlar oilasi yashaydigan uylar qurilib, atrof obodonlashtirildi. Natijada ko‘cha va saylgoh shaharning tarixiy qismiga monand zamonaviy qiyofa kasb etdi. 

Bu boradagi ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda. Mehmonxonalar, savdo-ko‘ngilochar maskanlar, kafe va choyxonalar qurilmoqda.

Prezidentimiz jahon tajribasi asosida sayyohlarga barcha qulayliklarni yaratish, ularning xavfsizligini ta’minlash, ko‘ngilochar dasturlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Davlatimiz rahbari shaharning tarixiy qismidagi madaniy meros ob’ektlarini ta’mirlash va tiklash, hududdan o‘tgan avtomobil yo‘llari va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish kabi loyihalar bilan tanishdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo