icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Samimiy qutlovlar

09.12.2016

Mamlakatimizda 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga 


Muhtaram Prezident Janoblari! 

Sizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklayman. 

Sizning rahbarligingizda O‘zbekiston demokratiyani mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta’minlashda muvaffaqiyatlarga erishishiga, mintaqada yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini izchil rivojlantirishga qaratilgan tashqi siyosat yuritish orqali Markaziy Osiyoda barqarorlikni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shishiga ishonaman. Germaniya Federativ Respublikasi bundan buyon ham O‘zbekistonning ishonchli sherigi bo‘lish va o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga tayyor. 

Sizga mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, kuch-quvvat va omad tilayman. 
 

Yoaxim Gauk
Germaniya Federativ 
Respublikasi Federal Prezidenti



 

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
 

Siz Janobi Oliylariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan samimiy tabriklarimni yo‘llashdan behad mamnunman. 

Fursatdan foydalanib, davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlardan mamnunligimizni izhor etib, mamlakatlarimiz manfaatlari yo‘lida ushbu munosabatlarni barcha sohalarda yanada rivojlantirish yo‘lida birgalikda sa’y-harakat qilishimizni ta’kidlayman. 

Siz Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, O‘zbekiston va uning xalqiga doimiy rivoj va farovonlik tilayman. 

Janobi Oliylari, yuksak ehtiromlarimni qabul qilgaysiz. 

Shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as- Saboh,
Kuvayt Davlati Amiri




O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga 


Muhtaram Shavkat Miromonovich! 

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. 

Ishonchim komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida xalqlarimiz manfaati, mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida strategik sheriklikni, ko‘p tomonlama va serqirra hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Muhtaram Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam sog‘lik, qardosh O‘zbekiston xalqi farovonligi yo‘lida davlat rahbari sifatidagi mas’uliyatli faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman. 

Hurmat bilan, 

Ilhom Aliyev,
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti



O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga 


Muhtaram Shavkat Miromonovich! 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabrigimni qabul qilgaysiz. 

Ukraina O‘zbekistonning jahon hamjamiyatining xalqaro huquq prinsiplari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga qat’iy amal qiladigan obro‘li a’zosi sifatida bundan buyon ham izchil rivojlanishiga ishonadi. 

Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan o‘zaro manfaatli sheriklikning eng yaxshi an’analarini mustahkamlab, xalqlarimiz manfaati yo‘lida ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini to‘liq ishga solishga umid qilaman. 

Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlash maqsadida o‘zingiz uchun qulay vaqtda Ukrainaga tashrif buyurishingizni taklif qilaman. 

Hurmatli Shavkat Miromonovich, fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog‘lik, davlat rahbari sifatidagi mas’uliyatli faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik tilayman. 

Ehtirom bilan, 

 
Pyotr Poroshenko,
Ukraina Prezidenti



O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga 


Muhtaram Shavkat Miromonovich! 

Sizni Rossiya Federatsiyasi Hukumati va shaxsan o‘z nomimdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklayman. 

Saylovdagi ishonchli g‘alabangiz Siz davlat institutlarini yanada mustahkamlash, izchil ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va aholi farovonligini yuksaltirish bo‘yicha ilgari surgan yo‘nalishlarga saylovchilar ishonishidan dalolat beradi. Sizning rahbarligingizda O‘zbekiston barcha sohalarda yangi muvaffaqiyatlarga erishishiga aminman. 

Siz Rossiya bilan O‘zbekistonning do‘stona va sheriklik munosabatlarini kengaytirish, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shganingizni alohida ta’kidlayman. O‘zaro serqirra hamkorlikni rivojlantirish maqsadida hukumatlar darajasidagi ishlarni faol davom ettirishga tayyorman. 

Muhtaram Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlat rahbari sifatidagi g‘oyat mas’uliyatli faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman. 

Ehtirom bilan, 

Dmitriy Medvedev,
Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi



Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan: 

Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vaziri – Shayx Hasina Vazed 

MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – ijrochi kotibi – Sergey Lebedev 

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ijrochi direktori – Kristin Lagard 

Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh kotibi – Taleb Rifai 

Yevropa parlamenti vitse-prezidenti – Richard Charnetski 

Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili – Piter Burian 

Yevropa parlamenti deputati – Artis Pabriks 

Yevropa parlamenti deputati – Fulvio Martushello 

Yaponiya parlamenti Maslahatchilar palatasi deputati – Kyoko Nakayama 

Moskva va Butun Rus Patriarxi – Kirill 

AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti – Boris Kandov 

M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori, akademik – Viktor Sadovnichiy 

G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori – Viktor Grishin 

Koreya Respublikasi Inha universiteti prezidenti – Chve Sun Ja 

Xitoyning “Poli Teknolojiz” kompaniyasi prezidenti – Van Lin 

Rossiyaning “Transneft” kompaniyasi vitse-prezidenti – Vladimir Rushaylo 

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo