Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrini rivojlantirishga doir loyiha bilan tanishdi
09.02.2018
Bugungi kunda jahonda shaharsozlikning "High Tech City", “Smart City” yo‘nalishlari ommalashmoqda. Rivojlangan davlatlarda shaharlar qurilishida yuqori texnologiyalardan keng foydalanilmoqda.
Poytaxtimizda ham Janubiy Koreya tajribasi asosida shunday mavze barpo etish mo‘ljallanmoqda.
Prezidentimiz shu boradagi konsepsiya bilan tanishdi, janubiy koreyalik ishbilarmonlar bilan suhbatlashdi.