
Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida harbiylarning xizmat va yashash sharoitlari bilan tanishdi
20.01.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrugga qarashli qismga tashrif buyurdi. Mamlakatimiz Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida qo‘yilgan vazifalar ijrosining borishi bilan tanishdi. Harbiylarning xizmat va yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.