icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Kristalina Georgiyeva: "O‘zbekiston kelajagiga ishonaman"

19.01.2018

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 18 yanvar kuni Jahon banki bosh ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Kristalina Georgiyeva davlatimiz rahbari bilan muloqotdan so‘ng O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zaro hamkorlik istiqbollari haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O‘zbekistonga mamlakatni o‘zgartirishga siyosiy irodasi kuchli inson rahbarlik qilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev rivojlanish istiqbolini ko‘ra bilish qobiliyatiga ega. O‘ylangan barcha maqsadlarga erishishga qalb bilan yondashadi.

O‘zbekistonda valyuta kursini liberallashtirishga oid siyosat to‘g‘ri tanlangani amalda o‘z isbotini topmoqda. Biznes vakillari bu iqtisodiyot va savdoni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar ochayotganini ta’kidlamoqda.

O‘zbekiston Prezidentining maqsadi aholining imkoniyatlari, iste’dodini ro‘yobga chiqarish imkonini beradigan islohotlarni amalga oshirishdan iborat. Ya’ni, odamlar hayotning turli sohalarida o‘z salohiyatlarini to‘la namoyon etsin. O‘zgarishlarga qaratilgan yuksalish juda muhimdir. Yakuniga yetgan yil esa mamlakatda jiddiy o‘zgarishlar davri bo‘ldi.

Jahon banki O‘zbekistondagi faoliyatini salmoqli darajada kengaytirishga tayyor. Biz mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar jiddiy ekaniga ishonamiz va ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Dunyoda raqobatbardosh bo‘lish oson emas, lekin xalq jipslashsa, siyosiy iroda va kelajakka ishonch bo‘lsa, bunga erishish mumkin. Men O‘zbekistonga jahonning eng ilg‘or davlatlari orasida bo‘lishini chin dildan tilayman.

O‘zbekiston Jahon bankining “Biznes yuritish – 2018” (Doing Business 2018) reytingida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida jahonning yetakchi o‘nta mamlakati qatoriga kirdi. Mamlakat yuksaldi. Bu o‘zgarishlar ruhini ifodalaydigan yaxshi ko‘rsatkichdir.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo