icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Samimiy qutlovlar

20.12.2016

Mamlakatimizda 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
 

Muhtaram Prezident janoblari! 

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishganingiz bilan samimiy tabriklashga ijozat bergaysiz. G‘oyat mas’uliyatli faoliyatingizda Sizga omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. 

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mavjud do‘stlik munosabatlarini yanada kengaytirishimiz va rivojlantirishimiz zarur. 

O‘zbekistonda demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini mustahkamlashda Sizga kuch-g‘ayrat tilayman. Siz bu borada bundan buyon ham Germaniyaning hamkorligi va qo‘llab-quvvatlashiga ishonishingiz mumkin. 

Hurmat bilan, 
 

Angela Merkel,
Germaniya Federativ Respublikasi
Federal kansleri


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
 

Janob Prezident! 

Siz, Janobi Oliylarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan muborakbod etishdan g‘oyat mamnunman. 

Siz, Janobi Oliylari Bosh vazir lavozimida faoliyat ko‘rsatgan paytingizda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ilgari surgan tashabbuslaringizni O‘zbekiston hukumati izchil davom ettirishiga tilakdoshman. 

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, yaqinda kuchga kirgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi va Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar inobatga olinganda, ulkan salohiyatga ega ekanini ta’kidlashni istardim. 

Janob Prezident, Siz bilan hamkorlikda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi samimiy munosabatlarni yanada kengaytirish uchun bor kuch va imkoniyatlarimni ishga solishga qat’iy intilaman. 

Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz. 
 

Mishel Temer,
Braziliya Federativ Respublikasi Prezidenti


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
 

Janobi Oliylari! 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan Siz Janobi Oliylariga Jazoir xalqi, hukumati va shaxsan o‘z nomimdan samimiy tabrik va ezgu tilaklarimni yo‘llab, yurtingiz ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilashdan behad xursandman. 

O‘zbekiston xalqining o‘tish davridagi yuqori mas’uliyati hukumat boshqaruvining ravon kechishiga zamin yaratganini alohida ta’kidlayman. 

O‘zbekiston xalqining Sizga bo‘lgan to‘liq ishonchi mamlakatingizni barcha sohalarda rivojlantirish yo‘lidagi fidokorona faoliyatingiz hamda yurt tinchligi va barqarorligini ta’minlashingizga bo‘lgan ishonchining yorqin ifodasidir. 

Fursatdan foydalanib, davlatlarimiz o‘rtasidagi mavjud hamkorlik va do‘stlik rishtalaridan mamnunligimni izhor etib, do‘st mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida barcha sohalarda hamkorlik munosabatlarimizni yuqori pog‘onalarga olib chiqish tarafdori ekanimni ta’kidlayman. 

Janobi Oliylari, samimiy ehtiromlarimni qabul qilgaysiz! 
 

Abdulaziz Buteflika,
Jazoir Xalq Demokratik
Respublikasi Prezidenti


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
 

Janobi Oliylari! 

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan Xalqaro olimpiya qo‘mitasi nomidan tabriklayman. Prezident lavozimiga kirishganingiz munosabati bilan Sizga va butun O‘zbekiston xalqiga eng ezgu istaklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz. 

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan samarali hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarida ta’kidlanganidek, sport tinchlik va taraqqiyotni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim omildir. Sport O‘zbekiston rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda. Bunga biz O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorligimiz tufayli yaqqol guvoh bo‘lib turibmiz. 

Sizni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Rio – 2016 olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgani bilan tabriklashga ijozat bergaysiz. Mamlakatingiz sportchilari yuksak natijalari bilan butun O‘zbekiston xalqiga katta quvonch va g‘urur bag‘ishladi. 

Janobi Oliylari, Sizni Prezident etib saylanganingiz bilan yana bir bor muborakbod etishga ruxsat bergaysiz. Sizga va xalqingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Sizga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromimni qabul qilgaysiz. 
 

Tomas Bax,
Xalqaro olimpiya 
qo‘mitasi prezidenti


Shuningdek, quyidagilar o‘z qutlovlarini yo‘llagan: 

YuNESKO Bosh direktori – Irina Bokova 

Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi – Kunio Mikuriya 

BMTning narkotik moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi Bosh direktori – Ijrochi direktori – Yuriy Fedotov 

Belgiya Qirolligi parlamenti Vakillar palatasi raisi – Zigfrid Brake 

Evropa parlamenti deputati, Yevroparlamentning Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mo‘g‘uliston bilan hamkorlik delegatsiyasi a’zosi – Ismoil Ertug 

"Kuvaytning baxtli oilasi" jamiyati raisi – Shayx Farixa al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 

"Pikanol" kompaniyalar guruhining boshqaruvchi direktori – Lyuk Tak 
 

"Claas Central Asian Investment GmbH" kompaniyasi ijrochi direktori, "Claas" boshqaruvi a’zosi – Bernd Lyudevig
 

Rossiya neft-gaz sanoatchilari uyushmasi kengashining raisi – Yuriy Shafranik 
 

Vilgelm nomidagi Vestfal universitetining Germanistika instituti direktori – professor Tomas Tomasek
 

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo