icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlar Akademiyasida bo‘ldi

10.01.2018

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi arafasida yangidan qurib bitkazilgan Qurolli Kuchlar Akademiyasiga tashrif buyurdi.

Ma’lumki, Prezidentimiz 2017 yilning yanvar oyida Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida bo‘lib, mazkur bilim yurti zamirida mutlaqo yangi Qurolli Kuchlar Akademiyasini tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar bergan edi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 apreldagi qarori bilan Qurolli Kuchlar Akademiyasi qayta tashkil qilindi. 

Butunlay zamonaviy qiyofa kasb etgan Akademiyada ta’lim jarayoniga eng yangi usul va texnologiyalar joriy etilgan. O‘quv auditoriyalari zamonaviy trenajyorlar, o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlangan. 

Prezidentimiz Akademiyada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. O‘quv xonalari, oshxona, kursantlar yotoqxonalarida bo‘lib, ularning ta’lim olishi, harbiy amaliyotlarni bajarishini ko‘zdan kechirdi. 

Davlatimiz rahbari kursantlar bilan suhbatlashdi. Ularni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi bilan tabrikladi. Ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lib, harbiy, dunyoviy bilimlarni puxta egallashi lozimligini ta’kidladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo