icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti mintaqadagi vaziyatlar o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatishga qodir jahonning o‘n nafar yetakchisi ro‘yxatida

06.01.2018

«Derin Ekonomi» jurnalining sharhlovchilari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni o‘z mamlakati va mintaqasidagi vaziyatlar o‘zgarishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan jahonning birinchi o‘n nafar yetakchisi ro‘yxatiga kiritdilar, deya xabar bermoqda «Jahon» AA.

Dunyo jamoatchiligi O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayotgani barobarida ularga yuqori baholarni ham bermoqda. Mamlakatimizda kechayotgan hozirgi o‘zgarishlar, xorijlik ekspertlarning fikr bildirishlaricha, nafaqat milliy, balki umumiy xalqaro ahamiyat ham kasb etmoqda, deyiladi xabarda. 

Mazkur ro‘yxatdan muhim ahamiyatga molik qarorlari bilan o‘z mamlakatlari va mintaqalaridagi mavjud vaziyatni o‘zgartirib yuboradigan va bu bilan xalqaro maydondagi vaziyatga faol ta’sir ko‘rsatadigan hamda jahon ommaviy axborot vositalarining «nyusmeykeri», ya’ni ularning diqqat-e’tibori ob’ekti bo‘lib qolayotgan yetakchilar nomlari joy oldi. 

Mutaxassislarning qayd etishlaricha, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan birinchi kunlardanoq mamlakatni yalpi liberallashtirish, «har yerda hoziru nozir» bo‘lgan huquq-tartibot idoralari faoliyatini tartibga solish, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratilgan chuqur islohotlarni hayotga tadbiq etmoqda. 

Ta’kidlanganidek, yangi rahbariyat boshchiligida O‘zbekistonda mamlakatni amalda erkin bozor iqtisodiyoti sari harakatlantirishga hamda tashqi savdo va valyuta siyosatini liberallashtirishga yo‘naltirilgan o‘ta muhim qarorlar qabul qilingani xorijlik sarmoyadorlar uchun respublikaning jozibadorligini oshirdi. 

Boshqa davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlarni tubdan yaxshilash yo‘lini tutgani Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti lavozimidagi eng katta e’tiborga munosib qadamlaridan biri bo‘ldi. 

Turk nashrlarida qayd etilishicha, mazkur reytingdan joy olgan o‘n mamlakat yetakchilarining ismi shariflari, ehtimol, shu paytga qadar jahon hamjamiyati uchun taniqli bo‘lmagan, biroq 2018 yili ular «har bir kishiga o‘zlarini tanitishadi».

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo