
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi
31.12.2017

2017 yil davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda yangi sahifa ochildi va davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik strategik sheriklikning yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi.