icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi

26.12.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 26-dekabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Novo-Ogaryovo qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni Vladimir Putin kutib oldi.

Suratga tushish marosimidan so‘ng MDH davlat rahbarlarining uchrashuvi boshlandi.

Vladimir Putin davlat rahbarlarini tashrifi bilan qutlab, Rossiyaning MDHga raisligi yakunlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Joriy yil o‘zaro integratsiyani mustahkamlash va tashkilot nufuzini oshirish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilda O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan hamkorligi yanada mustahkamlanib, tovar ayirboshlash hajmi sezilarli oshganini ta’kidladi. O‘zaro manfaatli hamkorlik a’zo davlatlarni uzviy bog‘lab turishi, ushbu uchrashuv aloqalarga yangi sur’at bag‘ishlashini qayd etdi.

2018-yil Rossiyada bo‘ladigan voqealar muhim ahamiyatga ega ekani, Prezident saylovida Rossiya xalqi munosib nomzodga ovoz berajagi ta’kidlandi.

Uchrashuvda Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlash, mintaqaga tahdid va xatarlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi. 

Ma’lumki, O‘zbekiston MDH doirasidagi hamkorlikda faol ishtirok etib kelmoqda. Prezidentimiz shu yil 10-11-oktabr kunlari Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi. 3-noyabr kuni poytaxtimizda Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida davlatimizning tashqi siyosatidagi ustuvorliklar ham aytib o‘tildi. Mamlakatimiz, jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bilan aloqalarni yangi bosqichda davom ettirayotgani ta’kidlandi. “O‘zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo‘nalish” tamoyili asosida qo‘shni davlatlar bilan munosabatlar mustahkamlandi. Bu Hamdo‘stlik doirasidagi aloqalar rivojida ham muhim o‘rin tutadi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo