O‘zbekiston Prezidenti Moskva shahriga keldi
26.12.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etish uchun 26-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasiga keldi.
Prezidentimizni Moskva shahridagi «Vnukovo-2» aeroportida Rossiya Federatsiyasi rasmiy doiralari vakillari kutib oldi.